“BOLALAR VA O’SMIRLARDAGI AGRESSIVLIKNING NAMOYON BO’LISH SABABLARI’’
Keywords:
Agressivlik, ruhiy salomatlik, ijtimoiy tarmoqlar, tengdoshlar ta’siri, stress, travma, psixologik yordam, agressivlik darajasi.Abstract
Mazkur maqola bolalar va o'smirlardagi agressivlikning asosiy sabablarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda agressiv xulq-atvorning rivojlanishiga biologik, psixologik, va ijtimoiy omillar ta'sir qilishi ko'rib chiqilgan. Mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida, maqolada oiladagi munosabatlar, tengdoshlar ta'siri, maktab muhitidagi muammolar, hamda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining rolini o'rganish natijalari taqdim etilgan. Tadqiqotda o'smirlarning agressivlik darajasi ularning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi ekologik faktorlar, masalan, oilaviy stress, ta'lim muassasalaridagi xatti-harakat qoidalari va do'stlar bilan aloqalar orqali o'zgarishi aniqlangan. Shuningdek, maqolada o'smirlardagi agressivlikni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan. Bu tavsiyalar oilada o'quvchi bilan muloqotni yaxshilash, maktabda psixologik yordam ko'rsatish, va ijtimoiy dasturlar orqali agressivlikni oldini olishga qaratilgan. Tadqiqot, bolalar va o’smirlarda agressivlikni kamaytirish uchun samarali strategiyalarni ishlab chiqishda va ularni amaliyotga joriy qilishda muhim ilmiy asos yaratadi.