YAPON VA INGLIZ TILLARIDA INKOR YASOVCHI AFFIKSLAR: QIYOSIY LINGVISTIK TAHLIL
Keywords:
Yapon tili, ingliz tili, inkor affikslari, qiyosiy tilshunoslik, semantika, 不 (fu), 無 (mu), 非 (hi), un-, in-, dis-, -lessAbstract
Ushbu maqolada yapon va ingliz tillarida inkor yasovchi affikslar – prefiks va suffikslarning lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida yapon tilidagi 不 (ふ), 無 (む), 非 (ひ) prefikslari hamda ingliz tilidagi un-, in-, dis-, -less affikslarining so‘z yasalishidagi o‘rni, ma’no shakllantirishdagi roli va grammatik xususiyatlari qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu affikslarning qo‘llanish chegaralari, bir-biriga o‘xshash va farqli tomonlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yapon va ingliz tillaridagi inkor shakllarining lingvistik tizimidagi o‘rnini aniqlashga hamda ularning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Downloads
Published
2025-03-24
Issue
Section
Articles
How to Cite
YAPON VA INGLIZ TILLARIDA INKOR YASOVCHI AFFIKSLAR: QIYOSIY LINGVISTIK TAHLIL. (2025). Modern Education and Development, 22(4), 95-103. https://scientific-jl.com/mod/article/view/6064