“GESTATSION QANDLI DIABET BILAN HOMILADORLARNI OLIB BORISH TAMOYILLARINI TAKOMILLASHTIRISH”

Authors

  • Sidikxodjaeva M.A Author
  • Yangiboyeva L Author

Keywords:

Gestatsion qandli diabet (GQD), diabetik fetopatiya (DF), makrosomiya, insulin qarshiligi

Abstract

Gestatsion qandli diabet (GQD) homiladorlik davrida aniqlangan, ammo "manifest" qandli diabet mezonlariga javob bermaydigan giperglikemiya bilan tavsiflanadigan, homilador ayollarda endokrinologlar va akusher-ginekologlar tomonidan eng ko'p aniqlanadigan metabolik kasallik hisoblandi. Dunyoning turli mamlakatlarida GQD tarqalishi umumiy homiladorlik sonining 1-20% ni tashkil qiladi va ko'p jihatdan o'rganilayotgan aholi soniga va qo'llaniladigan diagnostika mezonlariga bog’liq.

GQDning bir qancha perinatal va akusherlik asoratlari mavjud: makrosomiya tug’ruq vaqtida ayol va bolaning travmalariga, diabetik fetopatiya (DF) esa yangi tug’ilgan chaqaloqda gipoglikemiya va nafas olish muammolariga sabab bo’ladi. GQD bilan og'rigan bemorlarni tekshirish va davolash perinatal asoratlarni yaxshilaydi, makrosomiya va DF bilan og'rigan bolalar foizini kamaytiradi va buning natijasida aholi orasida operativ tug'ish sonining kamayishiga olib keladi.

Published

2025-03-25

How to Cite

“GESTATSION QANDLI DIABET BILAN HOMILADORLARNI OLIB BORISH TAMOYILLARINI TAKOMILLASHTIRISH”. (2025). Modern Education and Development, 22(4), 158-166. https://scientific-jl.com/mod/article/view/6151