“PIYELONEFRIT BILAN KASALLANGAN HOMILADORLARDA HOMILADORLIKNING KECHISHI VA TUG’RUQ ASORATLARINI O’RGANISH”
Keywords:
Siydik yo’li infeksiyasi (SYI), simptomsiz bakteriuriya, respirator distress sindrom, anemiya, ultratovush tekshiruvi, bakteriologik ekma, E coli bakteriyasi, grammanfiy bakteriyalar, antibakterial davo.Abstract
Homiladorlik davrida piyelonefrit ona va homila uchun xavf tug'dirishi sababli sog'liq uchun jiddiy muammo hisoblanadi. O'tkir piyelonefrit tug'ruqdan oldin kasalxonaga yotqizilish holatlarining 1-2% qismini tashkil qilsa, surunkali piyelonefrit va uning asoratlari natijasida 15-25% homilador ayollar gospitalizatsiyaga muhtoj bo’lishadi. Bundan tashqari: anemiya, sepsis (15-20%), o’tkir buyrak kasalligi va erta tug’ruq xavfi (20-50%) kabi jiddiy asoratlarga olib
Piyelonefrit homila bilan bog’liq quyidagi xavflarni yuzaga keltirishi mumkin: Bu holat muddatiga yetmasdan tug’ilish, kam vaznlilik va o’tkir respirator distress sindromi (O’RDS) sababli neonatal intensiv terapiyaga muhtojlik holatlari. Kritik holatlarda onaning infeksiyasi homila o'limiga olib kelishi mumkin.
Yana bir dolzarb muammo sifatida pielonefritning takrorlanishi va antibiotiklarga rezistentlik holatlatrini keltirish mumkin. Taxminan 20% ayollar homiladorlik davrida takroriy infeksiyalarni boshdan kechirishi mumkin, bu esa davolanishni murakkablashtiradi va buyraklarning uzoq muddatli shikastlanish ehtimolini oshiradi.