O’ZBEKISTONDA TABIIY EFIR MOYLARI BILAN BOYITILGAN AROMATIK SHOKOLAD ISHLAB CHIQARISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
aromatik shokolad, tabiiy efir moylari, mandarin, apelsin, mikroinkapsulyatsiya, shokolad bozori, O‘zbekiston, GOST, ISO, eksport.Abstract
Ushbu maqola O‘zbekistonda tabiiy efir moylari, xususan, mandarin va apelsin efir moylari bilan boyitilgan aromatik shokolad mahsulotlari ishlab chiqarishning texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda mahalliy shokolad bozorining hozirgi holati tahlil qilinib, tabiiy aromatizatorlar ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi, sifat standartlariga mosligi va eksport imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Tajribalar davomida apelsin efir moyi 0,2% konsentratsiyada optimal organoleptik xususiyatlarni ta’minlashi aniqlandi. Mikroinkapsulyatsiya texnologiyasi efir moylarining uchuvchanligini kamaytirish va mahsulotning saqlash muddatini uzaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning ichki bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va xalqaro bozorda aromatik shokolad eksportini rivojlantirish salohiyatini oshirish imkonini beradi.