ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA AQLIY TARBIYA BERISH
Keywords:
Maktabgacha ta’lim, aqliy rivojlanish, intellektual salohiyat, o‘yin texnologiyalari, individual yondashuv, pedagogik metodlar, psixologik omillar, mantiqiy fikrlash, bolalar tafakkuri, motivatsiya, interaktiv ta’lim, zamonaviy yondashuvlar, bilish jarayonlari.Abstract
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi inson intellektual salohiyatining shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda aqliy tarbiyaning pedagogik va psixologik ahamiyati, shuningdek, bolalar tafakkurini rivojlantirishda zamonaviy usullardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. Nazariy va amaliy metodlardan foydalanish asosida bolalarning aqliy rivojlanishiga xos jihatlar aniqlanib, bu jarayonning muhim omillari o‘rganildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin texnologiyalarini qo‘llash hamda individual yondashuv bolalarning intellektual qobiliyatlarini samarali rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot yakunida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.