MAKTAB BITIRUVCHILARINI AXBOROT TEXNALOGIYALARI KASBIGA YO’NALTIRISH
Keywords:
Axborot texnologiyalar , Kasbga yo‘naltirish, Maktab bitiruvchilari, Dasturlash Robototexnika, IT kompaniyalar bilan hamkorlik, Texnopark Mentorlik dasturi, O‘qituvchilarni tayyorlash, Amaliy mashg‘ulotlar.Abstract
Mazkur tezisda maktab bitiruvchilarini axborot texnologiyalari (AT) sohasi bo‘yicha kasbga yo‘naltirishning ahamiyati va usullari yoritilgan. Axborot texnologiyalari sohasining zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni va iqtisodiy rivojlanishda tutgan roli haqida so‘z yuritiladi. Tezisda o‘quvchilarda texnik qobiliyatlarni rivojlantirish, AT sohasi bilan bog‘liq kasblarga qiziqish uyg‘otish, shuningdek, mehnat bozorining talablariga mos mutaxassislar yetishtirishga yo‘naltirilgan dasturlar va uslublar tahlil qilinadi. Xususan, maktab va AT sohasi o‘rtasidagi hamkorlik, amaliy darslar, seminarlar va kasbga yo‘naltirish dasturlari bo‘yicha tajribalar o‘rganilgan. Shu orqali, yoshlarning AT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni kelajakdagi muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatga yo‘naltirish imkoniyatlari ko‘rsatiladi.