TIJORAT BANKLARIDA XIZMAT KOʻRSATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING ROLI
Keywords:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tijorat banklar, xizmat koʻrsatish samaradorligi, onlayn banking, mobil banking, xavfsizlik standartlari, sunʼiy intellekt, blokcheyn.Abstract
Ushbu tezis tijorat banklarida xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning rolini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda AKT qoʻllanilishi, jumladan, onlayn va mobil banking, bankomatlar, mijozlar bilan munosabatlar boshqaruvi (CRM) tizimlari va maʼlumotlar tahlili vositalari orqali bank xizmatlarining tezlashishi, qulaylashishi va xavfsizlashishi koʻrib chiqiladi. Ushbu texnologiyalar tranzaksiyalarni tezlashdiradi, mijozlarga 24/7 xizmat koʻrsatish imkonini beradi, operatsion xarajatlarni kamaytiradi va mijozlar qoniqishini oshiradi. PCI DSS va ISO 27001 kabi xavfsizlik standartlari AKT ning ishonchli va samarali boʻlishini taʼminlaydi. Tadqiqotda AKT qoʻllanilishi natijasida tranzaksiya tezligining oshishi va xarajatlarni kamayishi real misollar orqali tasdiqlanadi. Kelajakda sunʼiy intellekt (AI), blokcheyn va bulutli texnologiyalar bank xizmatlarini yanada rivojlantirishi kutilmoqda. Ushbu tezis AKT ning bank sohasidagi ahamiyatini va uning kelajakdagi imkoniyatlarini ochib berishga qaratilgan.