MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARDA RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARNI TASHKIL ETISH
Ключевые слова:
rivojlantiruvchi markaz, maktabgacha ta’lim, faoliyatga asoslangan yondashuv, pedagogik muhit, bola rivojlanishi, metodik asos.Аннотация
Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar rivojlanishini har tomonlama ta'minlash bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Ta'lim sifati, pedagogik jarayonning samaradorligi, bolaning psixofiziologik, ijtimoiy-emotsional, intellektual va nutqiy rivojlanishini rag‘batlantirishda rivojlantiruvchi markazlar tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim tashkilotlarda rivojlantiruvchi markazlar yetarlicha ilmiy-metodik asosda tashkil etilmayapti, bu esa bolalarning individual qobiliyatlarini ochishda ma'lum to‘siqlarga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqotda zamonaviy pedagogika, rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi, konstruktivizm, faoliyatga asoslangan yondashuvlar asos qilib olindi. Ishda sifatli kontent tahlili, kuzatuv, tajriba-sinov metodlari, shuningdek, ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni solishtirma tahlil qilish usullari qo‘llandi. Bolaning faoliyatga jalb qilinishi, mustaqil o‘rganishiga sharoit yaratish hamda har bir rivojlantiruvchi markazda predmetlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish tamoyillari asosiy metodologik mezon sifatida qaralgan.