MAHALLA-IJTIMOIY O’Z-O’ZINI BOSHQARISH ORGANI

Authors

  • Rahmatullayeva Barno Author

Abstract

Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish — hokimiyatning bir turi; fuqarolarning joylarda davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini taʼminlash, davlatning ayrim funksiyalarini amalga oshirish vositasi. Koʻpchilik mamlakatlarda mahalliy miqyosda davlat hokimiyati organlari tashkil etilmay, u yerda faqat Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari tuziladi. Rossiyada aholi hokimiyatning vakolatli organlari (munitsipial yigʻilishlar, kengashlar, qoʻmitalar va shahri k.), fuqarolarning tegishli boshqaruv organlari (mahalliy maʼmuriyat), yigʻinlari va boshqalar Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishni amalga oshiradi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, odatda, davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tuzilishini aholi oʻzi mustaqil belgilaydi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qonun asosida ayrim davlat va-kolatlari berilishi mumkin, bu vakolatlar davlat nazorati ostida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda joylarda mahalliy davlat hokimiyati organlari ham, Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham mavjud. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarsa fuqarolarning yigʻinlari oʻzini oʻzi boshqarish organlari hisoblanadi.

Author Biography

  • Rahmatullayeva Barno

    University of Management and Future Technologies

    Universiteti 551-gurux talabasi

Published

2025-02-18

How to Cite

MAHALLA-IJTIMOIY O’Z-O’ZINI BOSHQARISH ORGANI. (2025). Modern Education and Development, 20(2), 140-147. https://scientific-jl.com/mod/article/view/2349