“IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI UMUM TA’LIMGA JALB QILISH” LOYIHASI
Keywords:
Inklyuziv ta’lim, maxsus pedagogika, ijtimoiy integratsiya, defektolog, psixologik qo‘llab quvvatlash, ota-onalar ishtirokiAbstract
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’limga jalb qilish muhimligi, ushbu jarayonda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari atroflicha yoritilgan. Inklyuziv ta’lim jamiyatning har bir a’zosiga teng imkoniyatlar yaratish va ijtimoiy integratsiyani ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada inklyuziv ta’lim tizimini takomillashtirish uchun zarur infratuzilma, pedagogik yondashuvlar va huquqiy-me’yoriy asoslar muhokama qilingan. O‘qituvchilarning malakasini oshirish, ta’lim muassasalarida inklyuziv infratuzilmani rivojlantirish va jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan ijobiy qarashlarni shakllantirish bo‘yicha aniq takliflar berilgan. Mazkur maqola inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalarni ko‘tarib, uning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini yoritadi.