TA’MIRLASH OBYEKTLARINI ANIQLASH. TA’MIRLANAYOTGAN SHAHARLARNI O‘RGANIB CHIQISH VA TASHKIL ETISH

Authors

  • Xaitova Laylo Bolikulovna Author

Keywords:

shahar, shaharsozlik, urbanizatsiya, yodgorlik, arxeologik ta’sir.

Abstract

Ma’lumki, har qanday tarixiy obidadan o‘z vaqtida vazifasiga ko‘ra foydalanilgan, keyinchalik saqlanib kelingan. Buzilgan bo‘lsa, tuzatilgan; ba’zan qayta tiklangan. Qadimda obidalarga nisbatan tarixiylik hissiyoti rivoj topmagan edi. Tarixiy obidalami qayta qurishda ko'pchilik ustalar eskisini buzib, yangisini qurishgan. Ba’zan ulardan eski qurilish ashyosi sifatida ham foydalanilgan. Tarixiy binolarni obida sifatida asrab-avaylash uyg'onish davrida taraqqiy etdi. Biroq obidalar bu davrda ham yetarli darajada qadrlanmadi. Yodgorlikni idrok etishda uning atrofi, ya’ni me’moriy va tabiiy muhiti katta e’tiborga molik. Ko’pincha me’moriy muhit yodgorlikning o‘ziga qaraganda tezroq o‘zgargan. Bu urbanizatsiyaga uchragan yirik shaharlarda, ayniqsa, yaqqolroq ko‘rinadi. Yodgorlik va uning atrofi orasidagi stilistik bog‘lanishlar ta’mirchi uchun ham ahamiyatlidir.

Published

2025-01-23

How to Cite

TA’MIRLASH OBYEKTLARINI ANIQLASH. TA’MIRLANAYOTGAN SHAHARLARNI O‘RGANIB CHIQISH VA TASHKIL ETISH. (2025). Modern Education and Development, 18(6), 240-247. https://scientific-jl.com/mod/article/view/465