MOSH O`SIMLIGI POYA BALANDLIGIGA EKISH MUDDATLARINING TA`SIRI
Keywords:
Durdona, Radost, poya balandligi, ekish muddatlari, takroriy ekinAbstract
Mosh qisqa muddatda yuqori hosil olish mumkin bo’lgan ekinlardan biri va tarkibida bolalar uchun foydali oqsil triptofan gemoglabin ishlab chiqarishga yordam beradi. Oqsil vitaminlarga boyligi, to’yimliligi jihatidan boshqa dukkakli ekinlardan ustun turadi. Tajribada moshning Durdona va Radost navlari takroriy ekin sifatida 3 xil muddatda: iyun oyining oxirgi dekadasi, iyulning birinchi va ikkinchi dekadalarida ekildi. Har bir nav turli ekish muddatlarida 3 takrorlanishda ekilib, egat orasi 60 sm va ko’chat orasi 15 sm qilindi. Vegetatsiya davomida o’simliklarning poya balandligi har bir variantlarda 15 tadan o’simliklardan ikki haftada bir marotaba aniqlab borildi. Ma’lumotlar variantlar bo’yicha statistik tahlil qilindi. Natijalarga ko’ra Durdona navida eng yuqori poya balandligi iyun oyining oxirgi dekadasida ekilgan o’simliklarda uruglar ekilgandan keyin 70-75 kundan keyin 46.1 sm bo’lganligi kuzatildi. Radost navida vegetatsiya davomida o’simliklar balandligi mutanosib ravishda ortib borgan, eng yuqori poya balandligi shu muddatda ekilgan o’simliklarda 90-95 kundan keyin 57.0 sm bo’lgan, va iyulni birinchi va ikkinchi dekadasida ekilgada ikki navlarda xam o’simliklar balandligi farq qildi.