MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASH

Authors

  • Ilyosova Zebiniso Ilhomjon qizi Author
  • Toshboltayev Faxriddin O’rinboyev Author

Keywords:

sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich maktab, personalizatsiya, pedagogika.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha va maktab ta’limi tizimida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etishning dolzarbligi atroflicha yoritilgan. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning deyarli barcha jabhalariga kirib kelayotgan bir paytda, ta’lim tizimi ham bu jarayondan chetda qolmayapti. Xususan, sun’iy intellektni ta’lim sohasiga integratsiya qilish orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning faoliyatini yengillashtirish, shuningdek, individual yondashuvni ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining afzallik jihatlari, masalan, o‘quvchilarning qobiliyat va qiziqishlariga moslashtirilgan ta’lim materiallarini taqdim etish, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, bilim darajasini tahlil qilish va baholash kabi imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi. Amaliyotdagi qo‘llanilish holatlari sifatida turli mamlakatlarda allaqachon joriy etilgan sun’iy intellektga asoslangan dasturlar, virtual o‘qituvchilar, ovozli yordamchilar va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini kuzatuvchi tizimlar misol tariqasida keltiriladi.

Author Biographies

  • Ilyosova Zebiniso Ilhomjon qizi

    Farg‘ona Davlat Universiteti

    Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

    1-kurs talabasi

  • Toshboltayev Faxriddin O’rinboyev

    Ilmiy rahbar

Published

2025-04-15

How to Cite

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASH. (2025). Modern Education and Development, 24(1), 290-296. https://scientific-jl.com/mod/article/view/9135