“IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA MILLIY RUHNING POETIK TAKOMILI

Authors

  • Imomqulova Gulchehra Norboboyevna Author
  • O’ktamova Orasta Rustamjon qizi Author

Keywords:

insonparvarlik, qonli urush, umuminsoniy pafos, Orif oqsoqol, Xusan Duma, Robiya, Ra’no, hikoyalar kompozitsiyasi, taqdirlar romani.

Abstract

O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani yozuvchining adabiy merosida alohida o‘rin egallaydi. Ushbu asar insoniy taqdirlar va hayot murakkabliklarini tasvirlashdagi yuksak mahorati bilan ajralib turadi. Asarda urushning g‘ayri insoniy mohiyati ochib berilib, uning inson qalbiga yetkazgan jarohatlari, ota-onalarga solgan dardi chuqur falsafiy mushohada asosida yoritilgan. Urush nafaqat jang maydonida, balki oddiy insonlar hayotida ham og‘ir iz qoldirgani, kishilarning ruhiy va jismoniy iztiroblarga duchor bo‘lgani romanning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Roman qahramonlari timsolida mardlik, matonat, insonparvarlik va sabr-bardoshlilik kabi milliy va umuminsoniy fazilatlar mujassamlangan. Yozuvchi xalq hayotini, urush davrining murakkab sharoitlarini realistik uslubda aks ettirib, inson qadr-qimmati, mehr-oqibat va adolat singari tushunchalarga alohida urg‘u beradi. Asarda urush faqat o‘lim va vayronagarchilik emas, balki oilalar tanazzuli, insoniy munosabatlarning sinovga qo‘yilishi kabi masalalar bilan ham yondashgan.

Author Biographies

  • Imomqulova Gulchehra Norboboyevna

    O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

    O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

  • O’ktamova Orasta Rustamjon qizi

    O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Published

2025-04-14

How to Cite

“IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA MILLIY RUHNING POETIK TAKOMILI. (2025). Modern Education and Development, 24(2), 363-369. https://scientific-jl.com/mod/article/view/9753