KERAVORT PREPARATINI KONDILOMALARNI DAVOLASHDA QO’LLASH
Ключевые слова:
Kondiloma, Odam pappiloma virusi, anogenital soha, qon ketish, qichishish, psixologik noxushlik, eletrokoagulyatsiya, immunomodulyator, Keravort.Аннотация
Genital sohalarda uchraydigan kondilomalarni davolashda Kerovart preparatini ta’sir effektini o’rganish uchun bemorlarda kuzatuv olib borildi. Kondiloma - bu odam papilloma virusi (HPV) natijasida tashqi jinsiy a’zolar va perianal soha terisida hosil bo’ladigan epiteliy o’smalari bo’lib, odatda asimptomatikdir, ammo ular vaqtida davolanmaydigan taqdirda, katta hududlarni egallab, qon ketishi, qichishish va og’riqlarga olib keladi. Ayniqsa, katta hududlarni egallagan kondilomalar bemorlarda psixologik noxushliklar keltirib chiqaradi. Maqolada, ushbu kasallik kelib chiqish etiologiyasi, klinik belgilari va davolash haqida so’z boradi. Tadqiqotlar, anogenital kondilomalarni destruktiv usul (elektrokoagulyatsiya) va mahalliy immunomodulyator Keravort preparati yordamida davolashning kombinatsiyalangan usul samaradorligini aniqlaydi.