MAKTABNI INNOVATSION BOSHQARUV MODELI
Ключевые слова:
innovatsion boshqaruv, maktab menejmenti, raqamli texnologiyalar, liderlik, ta'lim sifati, transformatsion liderlik, tizimli yondashuv, loyiha asosida boshqaruv, interaktiv hamkorlik, pedagogik innovatsiyalar.Аннотация
Ushbu tadqiqotda umumta'lim maktablarini boshqarishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari yoritiladi. An'anaviy boshqaruv tizimidan farqli ravishda, innovatsion boshqaruv modeli o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi interaktiv hamkorlik, raqamli texnologiyalarni qo‘llash, pedagogik jarayonni individuallashtirish va liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishga asoslanadi. Tadqiqotda zamonaviy boshqaruv usullari, masalan, tizimli yondashuv, transformatsion liderlik, loyiha asosida boshqaruv kabi konsepsiyalar maktab kontekstida tahlil qilinadi. Shu bilan birga, modelni yaratish va joriy etishda uchraydigan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kutilayotgan natijalar bayon etiladi.