ACTIVITY BILAN ISHLASH. ACTIVITYNI YASHASH DAVRI. INTENT OBYEKTLARIDAN FOYDALANIB ACTIVITYNI ISHGA TUSHURISH
Ключевые слова:
Android, Activity, Lifecycle, Intent, Explicit Intent, Implicit Intent, Komponentlararo aloqa, Mobil dasturlash.Аннотация
Ushbu maqolada Android operatsion tizimining komponentga yo‘naltirilgan arxitekturasidagi asosiy funksional bo‘g‘inlardan biri — Activity konsepsiyasi chuqur tahlil qilinadi. Android ilovalari foydalanuvchi bilan muloqotga kirishuvchi interfeyslar orqali ishlaydi va aynan Activity komponenti bu jarayonning markaziy nuqtasini tashkil etadi. Shuningdek, maqolada Androiddagi komponentlararo muloqot vositasi — Intent obyektlari va ularning ikki asosiy turi (Explicit va Implicit Intent) orqali Activitylar o‘rtasida aloqa o‘rnatish mexanizmlari, ma’lumot uzatish usullari va amaliy misollar asosida yoritiladi. Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan harakatlarga tez va to‘g‘ri javob beruvchi interfeys yaratish uchun Activity komponentining lifecycle metodlaridan maqsadli foydalanish, resurslarni optimallashtirish va ilovani barqaror holatda saqlab turish zarurati asoslanadi.