“YOSHLAR VA BOSHQARUV: O‘ZBEKISTONNING SIYOSIY TIZIMIDAGI YANGI G‘OYALAR VA YOSHLARNING ROLI”
Ключевые слова:
Yoshlar siyosati, boshqaruv, siyosiy tizim, innovatsion g‘oyalar, siyosiy ishtirok, raqamli platformalar, fuqarolik jamiyati, yosh liderlar, siyosiy faollik, Yoshlar parlamenti siyosiy madaniyat.Аннотация
Ushbu ilmiy tadqiqot O‘zbekiston siyosiy tizimidagi yoshlarning o‘rni va ularning davlat boshqaruvi jarayonlaridagi ishtirokini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning tayanchi” konsepsiyasi asosida olib borilayotgan siyosiy islohotlar fonida yoshlarning siyosiy faolligi, ularning innovatsion g‘oyalari, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatidagi roli o‘rganilgan. Shuningdek, yoshlarning raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali siyosiy fikr bildirishi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash, ekologik barqarorlik, gender tengligi kabi yo‘nalishlardagi tashabbuslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tizimli tahlil, tarixiy-huquqiy va empirik yondashuvlar asosida yoshlar siyosatining huquqiy, institutsional va amaliy jihatlari yoritilgan, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.