LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISHDA KOMPLEKS TAHLILNI SAMARALI TASHKIL ETISH YO‘LLARI
Аннотация
Loyihaviy moliyalashtirishning muvaffaqiyati ko'p jihatdan loyihaning texnik-iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va ekologik jihatlarini qamrab oluvchi kompleks tahlilning samarali tashkil etilishiga bog'liqdir. Kompleks tahlilni tizimli va puxta amalga oshirish orqali loyihaning potentsial risklari minimallashtiriladi, resurslardan oqilona foydalanish ta'minlanadi va loyihaning barcha manfaatdor tomonlari uchun optimal moliyalashtirish sxemasi yaratiladi. Ushbu tezisning asosiy maqsadi loyihaviy moliyalashtirishda kompleks tahlilni samarali tashkil etish yo'llarini aniqlash va tahlil qilishdan iborat. Maqolada kompleks tahlilning zarurligi, asosiy bosqichlari, uni tashkil etishda duch kelinadigan muammolar va ularni hal etish strategiyalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, loyihaviy moliyalashtirishda kompleks tahlilning samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.