TIBBIYOTDA EMPATIYA VA FALSAFIY QARASHLAR. FALSAFIY TERAPIYA. BO’LAJAK SHIFOKORLARGA FALSAFA FANINI O’QITISHNING KLINIK AHAMIYATI
Ключевые слова:
empatiya, axloqiy falsafa, deontologik etika, axloqiy majburiyat, utilitarizm, falsafiy terapiya.Аннотация
Tibbiyot va falsafa inson hayoti, axloqiy tanlovlar hamda bilish jarayonining tub mohiyatini anglashda o‘zaro uyg‘unlashgan fanlardir. Ushbu maqolada tibbiyot amaliyotidagi empatiya tushunchasi falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinib, uning inson ontologiyasi, axloqiy mas’uliyat va bilim bilan aloqadorligi yoritiladi. Empatiya – bu faqat bemor bilan samimiy muloqot qilish vositasi emas, balki insoniylik va axloqiy ongning shakllanishi, tushunish va tushunilish jarayonining asosi sifatida ko‘riladi.
Shuningdek, maqolada empatiyaning falsafiy tafakkur bilan bog‘liq ravishda qanday shakllanishi va u axloqiy qaror qabul qilish jarayonida qanday rol o‘ynashi muhokama qilinadi. Shu jumladan falsafiy terapiya va uning ahamiyati hamda bo’lg’usi shifokorlarga falsafa fanini o’qitishning klinik ahamiyati yoritiladi.