ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLARNING IJTIMOIY TABAQALANISHI: OMILLAR VA OQIBATLAR

##article.authors##

  • Nazarova Nilufar Jo’rayevna ##default.groups.name.author##
  • Xusanova Durdona Abdusattor qizi ##default.groups.name.author##

##semicolon##

yoshlar, ijtimoiy tabaqalanish, ijtimoiy adolat, tenglik, ta’lim, bandlik, madaniy kapital.

##article.abstract##

Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda yoshlarning ijtimoiy tabaqalanish jarayonlari, ularning shakllanish omillari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil qilingan. Yoshlarning turli ijtimoiy guruhlarga ajralishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, madaniy, ta’limiy va axborot-kommunikatsiya omillari o‘rganilgan. Shuningdek, ijtimoiy tabaqalanishning yoshlar hayotidagi turli ijtimoiy muammolar va ijtimoiy adaptatsiya jarayonlariga ta’siri yoritilgan. Maqolada yoshlar o‘rtasida ijtimoiy liftlar mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan hamda jamiyatda barqarorlikni ta’minlashda ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlarning ahamiyati asoslab berilgan. Xulosa o‘rnida, yoshlarning ijtimoiy tabaqalanishini kamaytirish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

##submission.authorBiographies##

  • Nazarova Nilufar Jo’rayevna

    Toshkent Davlat Transport universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsent v.b.(PhD)

  • Xusanova Durdona Abdusattor qizi

    Toshkent Davlat Transport universiteti sotsiologiya yo‘nalishi 2-kurs talabasi

##submissions.published##

2025-05-10