FIZIKADA LINZANING FOKUS MASOFASINI REAL VA VIRTUAL TAJRIBALAR ASOSIDA O’RGANISH
##semicolon##
optika, linza, fokus masofasi, real laboratoriya, virtual laboratoriya, yig‘uvchi linza, yorug‘lik.##article.abstract##
Mazkur ilmiy ishda linzaning fokus masofasini aniqlash usullari real va virtual tajribalar asosida tadqiq etildi. Real tajribalarda fokus masofasi linza yordamida haqiqiy tasvir hosil qilib, tasvirning o‘lchamlari va joylashuvini o‘lchash orqali aniqlangan. Virtual tajribalarda esa ko‘zda paydo bo‘ladigan mavhum tasvirdan foydalanilib, fokus masofasini bilvosita aniqlash usuli qo‘llanilgan. Har ikki tajriba usulining nazariy asoslari, tajriba qurilmalari, o‘lchash usullari va natijalarning ishonchliligi tahlil qilindi. Ish davomida linzalarning geometrik va optik xossalarining fokus masofasiga ta’siri o‘rganildi, shuningdek, tajriba natijalari nazariy hisob-kitoblar bilan taqqoslandi. Ushbu tadqiqot linzalar optikasining amaliy va nazariy tomonlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi va optik asboblarning ishlash printsiplarini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.