LOGISTIKA XARAJATLARINI OPTIMALLASHTIRISH USULLARI

##article.authors##

  • Umarov Og’abek Abdujabbor o’g’li ##default.groups.name.author##

##semicolon##

logistika xarajatlari, optimallashtirish, transport logistika, omborxona boshqaruvi, raqamli logistika, multimodal tashish, yetkazib berish zanjiri, xarajatlarni kamaytirish, axborot texnologiyalari, outsourcing, logistika samaradorligi.

##article.abstract##

 

: Logistika xarajatlari har qanday ishlab chiqaruvchi va savdo tashkiloti faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Ular transport, omborxona, zaxiralarni saqlash, qadoqlash, yuklash-tushirish, axborot texnologiyalari va boshqaruv bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur xarajatlarni kamaytirish kompaniyaning raqobatbardoshligini oshiradi, foydani ko‘paytiradi hamda xizmatlar sifatini yaxshilashga imkon beradi.Tadqiqotda logistik xarajatlar tuzilmasi, ularni aniqlash va baholash usullari ko‘rib chiqilgan. Xalqaro va mahalliy kompaniyalar tajribasi asosida samarali strategiyalar tahlil qilinadi, xususan: raqamli logistika, avtomatlashtirilgan ombor tizimlari, yo‘l-yo‘riqlarni optimallashtirish, multimodal tashishlardan foydalanish, yetkazib berish zanjiri hamkorligini mustahkamlash va outsourcing xizmatlaridan foydalanish kabi metodlar ko‘rib chiqiladi.Tadqiqotning amaliy qismi sifatida, O‘zbekiston logistika sektorining holati va rivojlanish istiqbollari o‘rganilib, mahalliy kompaniyalar uchun xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali logistika operatsiyalarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan.

##submission.authorBiography##

  • Umarov Og’abek Abdujabbor o’g’li

    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

    39A-24 Logistika guruhi 1-bosqich talabasi

##submissions.published##

2025-05-18