MEDIA MAYDON VA INTERNET IMKONIYATARI
##semicolon##
media maydoni, internet imkoniyatlari, axborot texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn jurnalistika, raqamli platformalar, media savodxonlik, axborot almashinuvi, virtual makon, sun’iy intellekt.##article.abstract##
Mazkur maqolada media maydonining kengayishi va internet imkoniyatlarining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalari rivojlanishi natijasida ommaviy axborot vositalarining ta’siri kuchayib, internet orqali axborot almashinuvi tezligi va miqyosi keskin oshgan. Media maydon bugungi kunda nafaqat axborot tarqatish, balki ijtimoiy ongni shakllantirish, jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatish va shaxsiy brend yaratish vositasiga aylanmoqda. Annotatsiyada shuningdek, internet imkoniyatlari – ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, onlayn jurnalistika, sun’iy intellekt va raqamli platformalarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi roli yoritiladi. Maqola ilmiy, amaliy va tanqidiy nuqtai nazardan o‘rganiladi hamda global raqamli axborot makonida media savodxonlikning ahamiyati alohida ta’kidlanadi.