EKOLOGIK TOZA OZIQ-OVQAT ISHLAB CHIQARISHDA SERTIFIKATLASH TIZIMLARI: MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI
##semicolon##
Ekologik oziq-ovqat, sertifikatlash tizimi, ekologik dehqonchilik, blokcheyn, ekologik madaniyat, xalqaro standartlar, kuzatuvchanlik, akkreditatsiya##article.abstract##
Ushbu maqolada ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar va sertifikatlash tizimlari bilan bog‘liq to‘siqlar tahlil qilinadi. Jumladan, xalqaro standartlarga mos keluvchi sertifikat olishdagi xarajatlar, fermerlarning bilim darajasi, ichki bozordagi iste’molchilarning ekologik ong darajasi, kuzatuvchanlik tizimlari va xalqaro tan olinmaslik holatlari yoritiladi. Maqolada muammolar yechimi sifatida davlat qo‘llab-quvvatlovi, kooperatsion yondashuv, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish va xalqaro akkreditatsiyalash zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ekologik qishloq xo‘jaligi siyosatini shakllantirish, startaplar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.