SURUNKALI YUQUMLI BO‘LMAGAN KASALLIKLARDA MIKROTSIRKULYATSION BUZILISHLAR: PATOGENEZ, DIAGNOSTIKA VA KLINIK AHAMIYAT
##semicolon##
mikrotsirkulyatsiya, endotelial disfunksiya, surunkali kasalliklar, diagnostika.##article.abstract##
Surunkali yuqumli bo‘lmagan kasalliklar jahon miqyosida morbiditet va mortalitetning asosiy sabablaridan hisoblanadi. Mikrotsirkulyatsion buzilishlar Surunkali yuqumli bo‘lmagan kasalliklar patogenezida muhim rol o‘ynab, kasallikning progressiyasiga va organ disfunktsiyasiga olib keladi. Maqsad: Ushbu maqolada SYBK bilan bog‘liq mikrotsirkulyatsion shikastlanishlarning patofiziologik mexanizmlari, diagnostik usullari va klinik ahamiyati tahlil qilinadi. Metodlar: Sistematik adabiy sharh va klinik tadqiqotlarni tahlil qilish (PubMed, Scopus, Web of Science bazalaridan 2015–2023 yillar oralig‘idagi maqolalar).
Natijalar: Mikrotsirkulyatsion buzilishlar endotelial disfunksiya, yallig‘lanish va oksidativ stress bilan bog‘liq bo‘lib, ularni erta tashxislash SYBKni boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Xulosa: Mikrotsirkulyatsion tizimni baholash SYBK prognozini yaxshilash va individual davolash strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi.