XX ASR AMERIKA TADQIQOTLARIDA SHAQIY TURKISTON MASALASI

##article.authors##

  • Tosheva Muhayyo Hamid qizi ##default.groups.name.author##
  • Ikromov Sh.I. ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Sharqiy Turkiston, Amerika tadqiqotlari, geosiyosat, milliy ozodlik harakati, Sovuq urush, Xitoy siyosati, AQSh tashqi siyosati, xalqaro munosabatlar, etnik masala, inson huquqlari.

##article.abstract##

Mazkur mavzu XX asr davomida Amerika ilmiy doiralari va siyosiy tahlilchilari tomonidan Sharqiy Turkiston (hozirgi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni) masalasining o‘rganilishiga bag‘ishlangan. Tadqiqotlarda asosan Sharqiy Turkistonning geosiyosiy ahamiyati, etnik tarkibi, milliy ozodlik harakatlari, mintaqadagi Xitoy va Sovet Ittifoqi ta’siri hamda AQSh tashqi siyosati nuqtayi nazaridan bu hududga bo‘lgan munosabat tahlil qilinadi. Amerika tadqiqotchilari Sharqiy Turkiston masalasini Sovuq urush kontekstida strategik nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, hududdagi milliy harakatlar va ularning xalqaro rezonansini o‘rganishga alohida e’tibor qaratganlar. Ushbu mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar mintaqaviy siyosat, xalqaro aloqalar va inson huquqlari masalalarini o‘rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi.

##submission.authorBiographies##

  • Tosheva Muhayyo Hamid qizi

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi

    Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi

    Tarix (mintaqa va mamlakatlar bo‘yicha) yo‘nalishi I kurs magistri

  • Ikromov Sh.I.

    Ilmiy rahbar: PhD

##submissions.published##

2025-06-25