TELEJURNALISTIKADA SUN’IY INTELLEKTNING AFZALLIKLARI
##semicolon##
Sun’iy intellekt, telejurnalistika, avtomatlashtirish, media texnologiyalari, virtual jurnalist, efir texnologiyalari, ovoz tanish, video tahlil, subtitratsiya, real vaqt analitikasi, interaktiv media.##article.abstract##
Ushbu maqolada telejurnalistika sohasida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining qo‘llanilishi va ularning afzalliklari tahlil qilinadi. XXI asr axborot maydonida sun’iy intellekt jurnalistik faoliyatning yangi bosqichga chiqishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, televizion yangiliklar tayyorlash, tahrir qilish, jonli efirda yuz ifodasi va nutqni tanib olish, avtomatik subtitr yaratish, real vaqt rejimidagi tahliliy materiallar tayyorlash, kontentni individuallashtirish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda SI texnologiyalarining joriy etilishi telejurnalistika ish faoliyatini sezilarli darajada yengillashtirmoqda. Maqolada AI texnologiyalarining imkoniyatlari, real amaliyotdagi qo‘llanilishi, ularning interaktivlik, tezkorlik, aniqlik va samaradorlikni oshirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.