MAHALLA YETTILIGINING HOZIRGI KUNDAGI O‘RNI, KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDAGI BO‘YICHA HOKIMIYAT VA MAHALLADA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR SAMARASІ
##article.abstract##
Mahalla yettiligi tuman va shaharlardagi mahalliy boshqaruvning asosiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, aholiga yaqinligi, ularning ijtimoiy hayotdagi muammolarini hal etishdagi o‘rni tufayli muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda mahalla yettiligining roli nafaqat mahalliy hamjamiyatni boshqarish, balki jamiyatda kambag‘allikni kamaytirish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va mahalliy darajada aholining turmush sifatini yaxshilashda sezilarli darajada oshdi. Kambag‘allikni qisqartirish – davlat va jamiyat uchun ustuvor vazifa bo‘lib, uning samarali bajarilishida mahalla yettiligi katta rol o‘ynaydi. Mahalla yettiligida yashovchi aholining ijtimoiy va iqtisodiy holatini chuqur bilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va echimlar topish – mahalla yettiligining kunlik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu idoralarning vakillari aholining turmush darajasini ko‘tarish, ish o‘rinlari yaratish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari bilan hamkorlik qilishda faol ishtirok etadilar. Hokimiyat organlari va mahalla yettligi o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi, chunki kampa‘g‘allikni kamaytirishdagi qator chora-tadbirlar davlat siyosatining mahalliy darajada amalga oshirilishi uchun aynan mahalla yettigi vositachiligida yuritiladi. Hokimiyat tomonidan berilgan yordamlar, ijtimoiy dasturlar, mikrokreditlar, kasbiy tayyorgarlik kurslari, ijtimoiy himoya va boshqa loyihalar ko‘p holatlarda mahallalar orqali amalga oshiriladi. Mahallada yashovchi fuqarolarni jalb qilgan holda olib boriladigan bu ishlarda mahalla yettigi o‘zining nazorati va boshqaruvi bilan samaradorlikni ta’minlaydi.[1]