PSIXOTROP VOSITALAR
##semicolon##
Psixosedativ,psixostimulator,neyroleptik,trankvilizator,sedativ, antidepressant,adrenalitik.##article.abstract##
Psixotrop vositalar bu-Insonlarning aqliy mehnat faoliyatiga,tuyg’ulariga va ruhiyatiga ta’sir etuvchi preparatlardir.Psixotrop vositalar asosan qo‘rquv,hayajon,vahima,xavotirlik va bezovtalik bilan kechadigan nevrozlarda qo‘llaniladi.Insonda ruhiy jarayon fikrlash va his-tuyg‘udan iborat.
Psixoptrop vositalar(preparatlar) inson ruhiyatiga ta‘siri bo’yicha ikkita katta guruhga bo‘linadi:
1.Psixosedativlar.
- Psixostimulatorlar.
Preparatlarning ta‘siri asosan ruhiy va emotsional tizim faoliyatining buzilishi natijasida kelib chiqadigan o’zgarishlarda yaxshi namoyon bo‘lib, ta‘siri ko‘proq bilinadi. Ruhiy holat, vajohatlanish, hayajonlanish, harakatning qo‘zg‘alishi tinchlanadi. Bular odamning es-hushiga ta‘sir qilmaydi, uyquga sabab bo’lmaydi.
Psixosedativ vositalar farmakologik ta‘siri bo'yicha neyroleptiklar, trankvilizatorlar va sedativ vositalarga bo‘linadi.