G‘AZNAVIYLAR VA SALJUQIY TURKLAR DAVLATIDA BOSHQARUV TIZIMIDAGI O‘XSHASHLIKLAR VA FARQLI JIHATLARNING TAHLILI
##semicolon##
Dewan, Siyosatnoma, Nizamulmulk, amir, rais, G‘azna, Malikshah, Kobul, Qilich Arslon, dargah, sulton, hojib.##article.abstract##
Ko‘hna tarix o‘z qarida juda ko‘plab davlatlarni qamrab oldi. Bu davlatlar ma’lum bir davr davomida vujudga keldi, yuksaldi, taraqqiy etdi va parchalanib, tamomila yo‘q bo‘lib ketdi. Ba’zilarining o‘rnida esa yangi davlatlar paydo bo‘ldi. Tarixchi olimlar esa ushbu davlatlarning yuzaga kelishidan to tanazzulga yuz tutganigacha bo‘lgan davrni aniqroq va mukammalroq o‘rganishni va siz-u bizga o‘rgatish, tadqiq etishdek ma’suliyatli vazifani o‘z zimmasiga oladi. Quyidagi maqolada shu kabi tarix sahnasida o‘chmas iz qoldirgan, dolzarbligi va ahamiyati jihatidan aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda ham ko‘plab qirralari ochilmagan, juda ko‘p qismlari mavhumligicha qolgan ikki buyuk davlat — Saljuqiy turklar va G‘aznaviylar davlati haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Ushbu maqolada asosiy e’tibor ikki davlatning boshqaruv tizimidagi o‘xshashliklar va tafovutlarni taqqoslashga qaratilgan.