RAQAMLASHTIRILGAN TA'LIM MUHITIDA TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
##semicolon##
raqamli ta'lim, axborot texnologiyalari, tibbiyot ta'limi, metodika, interaktiv platformalar, pedagogik yondashuvlar, kognitiv rivojlanish, zamonaviy ta'lim texnologiyalari, o‘quv jarayoni, tibbiyotda o‘qitish metodikasi.##article.abstract##
Ushbu maqolada raqamlashtirilgan ta'lim muhitida tibbiyotda axborot texnologiyalari fanini o'qitish metodikasini takomillashtirishning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Maqola tibbiy ta'limda axborot texnologiyalari asosida o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish uchun yangi pedagogik yondashuvlar va metodologiyalarni ko‘rib chiqadi. O‘quv jarayoniga raqamli vositalar va interaktiv platformalarni qo‘llashning afzalliklari, talabalarning o‘quv faoliyatiga ta’siri, shuningdek, axborot texnologiyalarining ta'limga ta’siri va kognitiv rivojlanishga bo‘lgan ijobiy aloqalar haqida so‘z boradi. Tadqiqotda, ayniqsa, axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishning tibbiyot ta'limidagi roli va bu sohadagi o‘qitish metodikasining takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.