“SOHIBQIRON” ASARIDAGI TARIXIY VA TOʻQIMA OBRAZLAR
Keywords:
Kalit soʻzlar. “Sohibqiron” dramasi, tarixiy obrazlar, toʻqima obrazlar, tarixiy haqiqat, obraz va obrazlilik.Abstract
Annotatsiya. A.Oripovning “Sohibqiron” dramatik-dostoni buyuk sarkarda A.Temurning siymosi orqali milliy gʻurur, tarixiy xotira va vatanparvarlik gʻoyasini ifodalovchi badiiy asardir. Bu asarda tarixiy xaqiqat va badiiy toʻqimaning uygʻunligi muhim oʻrin tutadi. Asarda A.Temur, Bibixonim, Jahongir Mirzo, Ulugʻbek kabi tarixiy shaxslar obrazli tarzda tasvirlangan. Bu obrazlar orqali muallif oʻsha zamonning siyosiy va maʼnaviy muhitini ifodalab beradi. Asar davomida uchraydigan oddiy xalq vakillari, dushmanlar kabi toʻqima obrazlar esa, asarga chuqur maʼnaviy va badiiy mazmun baxsh etadi.
References
1. Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashri, 2004, 224 b.
2. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2001. 496 b.
3. Rasulmuxamedova Durdona Toʻlqinjonovna. Tarixiy haqiqat va badiiy talqin, Yuridik fanlar axborotnomasi – ilmiy-amaliy huquqiy jurnali. 2022-yil 1-son.