KOMPOZITOR VIKTOR USPENSKIYNI O’ZIGA ROM QILGAN SHARQ

Authors

  • Mahammadjonova Jasmina Author
  • Xumoyun Xaydarov Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: sharq maktabi, folklor, shashmaqom, kompozitor,

Abstract

‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti, san‘atshunoslik fanlari doktori, musiqa etnografi, folklorshunos olim, istedodli kompozitor Viktor Aleksandrovich Uspenskiy ko‘p qirrali ijodiy faoliyati bilan XX- asr o‘zbek musiqasi tarixida yorqin iz qoldirdi. Viktor Uspenskiy 1879-yilning 31 avgustida Rossiyaning Kaluga shaxrida tavallud topdi. Bolaligidan rus va Garbiy Ovrupo klassik kompozitorlari, o‘zbek va qirg‘iz xalq musiqasi ijodi bilan qiziqadi. Kompozitor bolaligidan juda istedodli bo‘ladi. Musiqaga endi qiziqib yurgan payti ota-onasi kompozitorni sozanda bo‘lishiga qarshilik qiladi, va uni Orenburg harbiy maktabida o‘qitishadi. Bu harbiy maktabda intizom qattiq bo‘lishiga qaramay USpenskiy musiqa bilan doim shug‘ullanib turardi. Damli harbiy orkestrda galikon cholg ‘usini kontrabas va arfa cholg‘ularini chaladi.  1898- yilda bu harbiy maktabni tamomlaydi konservatoriyaga topshirishga harakat qiladi. 1908- yilda Sankt- Peterburg  konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o‘qishga kiradi. Lekin sog‘ligi ko‘tarmaganligi sababli o‘qishni davom ettirolmaydi. Davolanish uchun Shvetsariyaning  Davos  Va Germaniyaning Leypsig shaharlariga jo‘nab ketadi. Joni azoblanayotgan kompozitor musiqani shu xolatida ham tashlab qo‘ymaydi, vaqtinchalik  Leypsig konservatoriyasida erkin tinglovchi sifatida saboq oladi. Sog‘lig‘ini tiklab Peterburg konservatoriyasiga qaytadi 1913 yilda bitirib “erkin san‘atkor ” diplomiga ega bo‘ladi. Biroz vaqt o‘tib 1 – jahon urishi uni ijod qilishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. 

Published

2025-06-13

How to Cite

Mahammadjonova Jasmina, & Xumoyun Xaydarov. (2025). KOMPOZITOR VIKTOR USPENSKIYNI O’ZIGA ROM QILGAN SHARQ. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 78(4), 3-7. https://scientific-jl.com/new/article/view/20135