SIMSIZ TARMOQLARDA SUQILIB KIRISHGA ASOSLANGAN HUJUM VOSITALARINING TAHLILI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: simsiz tarmoqlar, suqilib kirish, tarmoq xavfsizligi, sniffing, parolni buzish, soxta access point, DoS hujumlari, WPA/WPA2, tarmoq monitoringi, Aircrack-ng, Hashcat.Аннотация
Annotatsiya. Mazkur tezisda simsiz tarmoqlarda keng tarqalgan xavfsizlik tahdidi — suqilib kirish hujumlari va ularni amalga oshirishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tahlil qilinadi. Suqilib kirish hujumlari natijasida hujumchi tarmoqqa ruxsatsiz kirib, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishi, xizmatlarni ishdan chiqarishi yoki tarmoq ustidan nazoratni egallashi mumkin. Tadqiqot davomida Wireshark, Tcpdump, Aircrack-ng, Hashcat, Fluxion, Wifiphisher, MDK3/MDK4, Scapy kabi mashhur vositalarning ishlash printsiplari, hujum turlari, xavf darajasi va foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, simsiz tarmoqlarda himoyani kuchaytirish uchun WPA3 shifrlash protokoli, MAC manzil filtratsiyasi, SSID yashirish, WIDS tizimlari va zaifliklarni audit qilish kabi samarali chora-tadbirlar tavsiya etildi. Tezis amaliy ko‘rsatmalar, skrinshotlar va jadval asosida hujum vositalarining imkoniyatlarini aniq tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy simsiz tarmoq xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini aniqlashga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
1. S.K. Ganiyev, A.A. Ganiyev, Z.T. Xudoyqulov. Kiberxavfsizlik asoslari: о‘quv qо‘llanma. – T.: «Aloqachi», 2020, 303 bet.
2. Maine Basan. Wireless Network Security: WEP, WPA, WPA2 & WPA3 Explained, April 29, 2024.
3. Wim Hoogenraad. Black Box Testing: Software, January 23, 2019.
4. Binnie, J. Aircrack-ng Tutorial: Cracking WPA/WPA2 Wi-Fi Passwords. // Ethical Hacking Journal, 2021.
5. Beale J., Kassner L., Bream T., & Liu J. Wireshark & Ethereal Network Protocol Analyzer Toolkit. – Syngress Publishing, 2007. – 528 p.