TALABALAR UCHUN RAQAMLI TO`LOV VOSITALARINI O`RGANISH – MOLIYAVIY BARQARORLIK SARI QADAM

Authors

  • Narullayev Omonulloxon Nodirjon o`g`li Author

Abstract

  Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli to‘lov vositalarining rivojlanish istiqbollari va ularning zamonaviy jamiyatga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Xavfsizlik, tranzaksiyalar tezligi, qulaylik va foydalanish soddaligi kabi asosiy jihatlar batafsil tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda naqd pulsiz to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi raqamli to‘lov vositalarini o`rganishga qaratilgan. Shuningdek, bu tizimlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangani va moliyaviy tranzaksiyalarni yanada qulay va mavjud holga keltirgani ta’kidlab o‘tiladi. Mavjud to‘lov tizimlariga umumiy nazar tashlanib, ularning kamchiliklari tahlil qilinadi hamda kelgusida ularni yanada yaxshilash va innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada raqamli to‘lov tizimlarining asosiy afzalliklari – foydalanish qulayligi, bank o‘tkazmalarini amalga oshirish vaqtining qisqarishi, dunyoning istalgan nuqtasiga to‘lovlar yuborish imkoniyati va operatsiyalar shaffofligi kabi jihatlar yoritib beriladi. Raqamli to‘lov vositalaridan talaba va yoshlar ortasida yuzga kelayotgan muammolar tahlil qilinadi. Talabalar raqamli to`lov vositalarini o`rganish orqali ayrim moliyaviy jarayonlarda faol bo`lishi hisob raqamdagi pullarni hech qanday qiyinchiklarsiz boshqarish ko`nikmasini o`zlarida shakillantirishadi. Ushbu maqola raqamli to‘lov tizimlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini yaxshiroq tushunishga va ularning zamonaviy jamiyatdagi o‘rnini baholashga yordam beradi.

References

Published

2025-06-28

How to Cite

Narullayev Omonulloxon Nodirjon o`g`li. (2025). TALABALAR UCHUN RAQAMLI TO`LOV VOSITALARINI O`RGANISH – MOLIYAVIY BARQARORLIK SARI QADAM. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 79(2), 188-193. https://scientific-jl.com/new/article/view/23563