DORINING OZI DAVO, ORTIG‘I ZAHAR
Abstract
“Dorining ozi davo, ortig‘i zahar” degan hikmatli ibora dori-darmonlarni faqat belgilangan me’yor va shifokor ko‘rsatmalariga muvofiq qo‘llash zarurligini eslatadi. Chunki dori o‘z vaqtida, to‘g‘ri dozada qabul qilingandagina foyda keltiradi, aks holda esa salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirishi, hatto inson hayoti uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Dori vositalari har bir inson organizmiga turlicha ta’sir qiladi, shuning uchun dori ishlatishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak. Masalan, oddiygina diklofenak og‘riqni kamaytirishda samarali bo‘lsa-da, oshqozon yarasi bilan og‘rigan bemorlarga qat’iyan tavsiya etilmaydi. Shuningdek, nitroglitserin arterial bosimi juda past bo‘lgan bemorlarda hushdan ketish va hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Penitsillin kabi antibiotiklarga allergiyasi bor odamlar esa nafaqat penitsillin, balki unga o‘xshash boshqa antibiotiklarni ham qabul qilmasligi lozim.
References
1. “Toksikologok kimyo” L.T.Ikromov, T.Mirxaitov, M.A.Tojiyev, Z.A.Yuldashev, Toshkent “Extremum PRESS” 2010.
2. Sud-tibbiy ekspertiza va tekshiruvlarini o’tkazish standartlari.
3. “Vidal” O’zbekiston Respublikasi davlat farmokopeyasi.
4.S.S.Azizova “Farmokologiya” Учебник. – Ташкент. Издательство медицинской литературы им. Абу Али Ибн Сино, 2002 - 496ст. – для студентов высших медицинских учебных заведений.