KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNING O‘RNI
Keywords:
Kalit so’zlar: Kichik biznes, innovatsiyalar, raqobatbardoshlik, iqtisodiy o‘sish, mahsulot innovatsiyalari, texnologik innovatsiyalar, boshqaruv innovatsiyalari, marketing innovatsiyalari, innovatsion rivojlanishAbstract
Annotatsiya:Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarining rivojlanishida innovatsiyalarning ahamiyati o‘rganilgan. Bugungi globallashuv sharoitida kichik biznesning samarali faoliyat yuritishi innovatsion jarayonlarga bog‘liq. Innovatsiyalar mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada, kichik biznesning iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi roliga hamda innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanish imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, kichik biznes subyektlarining innovatsiyalarni joriy etishda duch kelayotgan muammolar, jumladan, moliyaviy resurslarning cheklanganligi, texnologik infratuzilmaning yetishmovchiligi va kadrlar malakasining pastligi kabi qiyinchiliklar ham yoritilgan. Innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirish uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan va biznes hamkorligini kuchaytirish, texnologik innovatsiyalarni joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish zarurligi ta’kidlanadi. Maqola kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
References
1. Musаyev Оzоdjоn Shаvkаt o‘g‘li “Kichik biznes subyektlari faoliyatini innovatsion rivojlantirish omillari” nomli maqola Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali 1025-1030-betlar
2. Гусев А.К., Жеребцов В.И. Малый бизнес и инновации: основные проблемы и пути решения
3. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик дарслик. Д.С. Қосимова. 2020-й.
4. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик дарслик. Балтабаев М., Қосимова, Эргашходжаева Ш.Ж., Самадов М. 2015-й.
5. Alijonova Kumushxon “Mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo'llari” nomli maqola.Miasto Przyszłości Kielce 2024, Polsha.