TALABALARDA IJTIMOIY TARMOQLARNING TA'SIRIGA QARSHI PSIXOLOGIK IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Axmedov Davron Murodovich Author

Keywords:

Kalit so'zlar: Ijtimoiy tarmoqlar, Psixologik immunitet, Talabalar, Tanqidiy fikrlash, Salbiy ta’sirlar, Pedagogik yondashuvlar

Abstract

Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi, talabalarda ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan himoya qilish va ularning psixologik immunitetini rivojlantirishning samarali usullarini o‘rganishdan iboratdir. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar, ayniqsa talabalar orasidagi o‘rni tobora kuchayib borayotgani, ular bilan bog‘liq muammolarni, xususan, salbiy psixologik ta’sirlarni bartaraf etish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Ushbu tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarning shaxsiy rivojlanish, o‘z-o‘zini qabul qilish va psixologik holatga bo‘lgan ta’siri o‘rganiladi. Bundan tashqari, talabalarda axborotlarni tanqidiy qabul qilish, manipulyatsiyalarga qarshi turish va salbiy ta’sirlarga bardosh bera olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda, psixologik immunitetni rivojlantirishda pedagogik yondashuvlar, ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan salbiy reaktsiyalarni kamaytirish va yoshlarni ruhiy barqarorlikka o‘rgatishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

Bu tadqiqot o‘zining pedagogik va psixologik yondashuvlari orqali talabalarning ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan salbiy ta’sirlarini kamaytirishga yordam beradi va ularning psixologik xavfsizligini ta'minlaydi.

References

1. Ibragimov, I. (2021). Pedagogik psixologiya va yoshlar tarbiyasi. Tashkent: O‘qituvchi.

2. Karimov, F. (2020). Ijtimoiy tarmoqlar va yoshlar psixologiyasi. Tashkent: Akademnashr.

3. Xolmuhamedov, A. (2019). Yoshlarning psixologik immuniteti va uning ijtimoiy taroqlarda shakllanishi. Journal of Social Psychology, 10(3), 45-56.

4. Rasulova, N. (2022). Ijtimoiy tarmoqlar va o‘quvchilarda psixologik salomatlikni mustahkamlash. Tashkent: Fan va texnologiya.

5. Turg‘unov, S. (2018). Talabalar psixologiyasi va stressni boshqarish metodlari. Tashkent: Yangi avlod.

Published

2025-01-31

How to Cite

Axmedov Davron Murodovich. (2025). TALABALARDA IJTIMOIY TARMOQLARNING TA’SIRIGA QARSHI PSIXOLOGIK IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 70(1), 76-80. https://scientific-jl.com/new/article/view/891