IKROM OTAMUROD SHE’RIYATIDA POETIK TASVIR

Authors

  • Oxbutayeva Dildora Zoirovna Author

Abstract

O‘zbek adabiyoti XX asr oxiri va XXI asr boshlarida yangi badiiy izlanishlar, 
poetik  ifodaning  yangicha  uslublar  bilan  boyitilishi  jarayoniga  guvoh  bo‘ldi.  Ana 
shunday  badiiy  izlanishlar  va  poetik  tafakkur  yuksalishida  o‘zining  o‘tkir  nigohi, 
tasviriy  vositalarni  mahorat  bilan  qo‘llashi  orqali  adabiyotimizda  o‘ziga  xos  o‘rin 
egallagan shoirlardan biri – Ikrom Otamuroddir. Uning she’riyati zamonaviy o‘zbek 
poeziyasining yorqin namunasidir. 
Ushbu maqolada shoirning poetik tasvir vositalaridan foydalanish usullari, obraz 
yaratish mahorati, badiiy-estetik tafakkuri hamda uslubiy yondashuvlari tahlil qilinadi. 
Ikrom Otamurod (1960 y.) o‘zbek she’riyatida mustahkam ijodiy pozitsiyaga ega 
shoirlardan  biridir.  U  turli  davriy  nashrlarda,  adabiy  to‘plamlarda  e’lon  qilingan 
she’rlari, ayniqsa falsafiy, hayotiy mushohadalari bilan ko‘pchilik e’tiborini qozongan. 
Shoirning  she’riy  to‘plamlari  "Ko‘zda  yosh  –  yurakda  tosh",  "Sukunat  –  sado", 
"Qoraqalpoq bog‘lari", "Sadoqat", "So‘zning ruhi" kabi nomlar bilan atalib, undagi 
she’rlar zamonaviy o‘zbek she’riyatining talqin doirasini kengaytirib kelmoqda. 
Ikrom Otamurod she’riyatida asosan inson va tabiat, ona yurti, muhabbat, hayot 
ma’nosi kabi mavzular qamrab olingan. Shoir har bir mavzuni badiiy-estetik tafakkur 
doirasida tasvirlashga intiladi. Bu esa uning poetik tasvir vositalaridan foydalanishdagi 
o‘ziga xosligini namoyon etadi. 

References

1. Umurov H. Adabiyot nazariyasi. Toshkent: Sharq. 2002;

2. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent: Xalq merosi, 2004;

3. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent: Akademnashr, 2018.

4. Ikrom Otamurod. Suk ut sadosi: S h e’rlar, balladalar, dostonlar, tarjimalar.

Toshkent: Adabiyot, 2021.

5. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent: Akademnashr, 2018.

6. Ikrom Otamurod. Sopol siniqlari. To shkent: Ganjina, 2022.

7. Belinskiy V.G. Adabiy orzular. T.: Adabiyot va san’at, 1977.

8. Ikrom Otamurod. Muqaddar: She’rlar va dostonlar. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012.

Published

2025-06-13

How to Cite

Oxbutayeva Dildora Zoirovna. (2025). IKROM OTAMUROD SHE’RIYATIDA POETIK TASVIR . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 78(3), 141-143. https://scientific-jl.com/new/article/view/20089