OʻZBEK DIALEKTOLOGIYASIDA SHEVALARNING TASNIFLANISHIGA DOIR TADQIQOTLAR XUSUSIDA
Keywords:
Kalit soʻzlar: Millat, milliy til, til tabiati, adabiy til va sheva, lahja, dialekt, shevalar tasnifi, fonetik belgi, morfemin belgi, klassifikator, shevashunos, turkolog, sheva materiali.Abstract
Milliy til millat boyligi, uning milliy madaniyatini ifodalovchi vosita sanaladi. Til borliqni anglash, bilish va fikr almashish vazifasini bajaradi. Shuningdek, til bashariyat tomonidan asrlar davomida toʻplangan bilim va koʻnikmalarni saqlaydi, rivojlantiradi, kelajak avlodlarga asrab-avaylab yetkazadi. Adabiy til barqaror, ma’lum qoliplarga solingan, me’yorlashtirilgan, umume’tirof etiladigan hamda soʻz ustalari tomonidan sayqallashtirilgan til hisoblanadi. Dialekt esa ma’lum hududda amal qiladigan umumxalq tilining son jihatdan nisbatan kam boʻlgan, biroq hududiy, kasb-hunar va boshqa jihatdan umumiylikka ega boʻlgan kishilar tomonidan qoʻllanadigan koʻrinishidir. Shunday ekan haqiqiy etnik madaniyatni ifoda etishda tilning adabiylashgan koʻrinishiga nisbatan shevalar samaraliroq sanaladi. Shuning uchun ham xalq tilida yashashayotgan sheva va lahja materiallarini tadqiq qilish zarur. Tilshunoslik fanida shevaga xos soʻzlar tadqiqini buyuk tilshunos olim Mahmud Koshgʻariy boshlab bergan, deya juda koʻp e’tirof etiladi. Ushbu tadqiqotimizda koʻp yillik tarixga ega boʻlgan oʻzbek shevashunosligida qipchoq shevasining oʻrganilishi haqida fikr yiritamiz.
References
1. Ashirboyev S. Oʻzbek dialektologiyasi, Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU nashri, 2013, -B. 176.
2. Боровков А. К. Вопросы классификации узбекских говоров. Известия АН. 5. Т., 1953.
3. Поливанов Е. Д. Узбекская диалектология и узбекский литературньй язык. Т, 1933.
4. Ражабов Н. Ўзбек шевашунослиги. -Тошкент: Ўқитувчи, 1996. -Б.156.
5. Решетов В. В. Ўзбек шеваларининг классификацияси // ЎТА. Т, 1966.
6. Тўйчибоев Б., Хасанов Б. Ўзбек диалектологияси. -Тошкент: А.Қодирий номидаги Xалқ мероси нашриёти, 2004, -Б.5-6.
7. Ўзбек тилининг изоҳли луғати 5 жилдли, 1-жилд. -Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Давлат илмий нашриёти, 2006. -Б.604.
8. Ўзбек тилининг изоҳли луғати 5 жилдли, 2-жилд. -Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Давлат илмий нашриёти, 2006. -Б.493.