SUD-TIBBIY EKSPERTIZASI (MORFOLOGIK TEKSHIRUVDA) VA TIBBIY-KRIMINALISTIKANING AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Tibbiyot, sud-tibbiy ekspertiza, fuqaro, tibbiy kriminalistika, moroflogik, jasad, jinoyat, voqea joyi, ashyoviy dalillar, mehanizm, miqdor, tekshiruvlar.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda sud-tibbiy ekspertiza xizmatining vujudga kelishi va rivojlanishi Sud-tibbiy ekspertiza sog‘liqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning faoliyati boshqa sohalardan o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi. Jumladan, sud-tibbiy ekspertiza xizmati sog‘liqni saqlash muassasalari qatoriga kirgan holda, jinoiy va fuqarolik ishlarini surishtirish, tergov qilish va sudda ko‘rish jarayonida vujudga keladigan tibbiy-biologik masalalarni hal etish ya’ni sud-tibbiy ekspertizalarni o‘tkazish uning asosiy vazifasidir. Ayni paytda sud-tibbiy ekspertiza muassasalari ekspertiza materiallari bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, travmatizmning turli ko‘rinishlari, zaharlanish, to‘satdan o‘lim va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ham o‘tkazishlari lozim. Sud-tibbiy ekspertiza xizmati strukturasi, tuzilmalar faoliyatini tashkil etish, protsessual masalalar, soha mutaxassislarini tayyorlash, shtat me’yorlari, turli xil ekspertiza va tekshiruvlarni o‘tkazishda amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar mazkur xizmatning farqli xususiyatlarini yana bir bor ta’kidlaydi. Sud-tibbiyoti; tibbiyotning bir bo‘limi tibbiy kriminalistikaning sud-tibbiyotidagi axamiyati juda kattadir. Morfologik tekshiruvlarda jasadlarni tekshiruvlarida, voqea joyini ko‘zdan kechirishda, jinoyatlarni ochiqlashda tibbiy kriminalistikaning o‘rni axamiyatga egadir. Sud-tibbiy ekspertizaning morologik tekshiruvda jasadlarda aniqlangan tan jaroxatlari, ularning yetkazilish mehanizmi, miqdori hamda jinoyat sodir etilishiga aloqador bo‘lgan barcha ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirib, bir qancha tekshiruvlar bilan aniqlik kiritilishidir.
References
1. Sud-tibbiyoti. Z.A.G‘iyosov. “Asian house” 2021 y.
2. O‘zbekiston Respublikasida sud-tibbiy ekspertiza faoliyatini belgilovchi Me’yoriy hujjatlar. Toshkent 2012y.3.