TIJORAT BANKLARIDA TRANSFORMATSIYA ORQALI FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI (“O‘ZMILLIYBANK” AJ MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar. Transformatsiya, tijorat banklari, faoliyat samaradorligi, raqamlashtirish, investitsiya, bank sektori, iqtisodiy rivojlanish.Abstract
Annotatsiya. Ushbu tadqiqot tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarining faoliyat samaradorligini oshirishdagi rolini o‘rganishga qaratildi. Transformatsiya zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda banklarning raqobatbardoshligini ta’minlash va iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish uchun muhim strategiya sifatida ko‘rib chiqildi. Tadqiqot misol (case study) yondashuvi, statistik ma’lumotlar tahlili va hujjatli tahlil usullariga asoslanib, “O‘zmilliybank” AJ faoliyatini markazga qo‘ydi. Ma’lumotlar bankning yillik hisobotlari, davlat hujjatlari va rasmiy statistikadan olingan. Natijalar transformatsiyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, raqamli xizmatlarni rivojlantirish va strategik loyihalar orqali iqtisodiy ta’sirni kengaytirishdagi samaradorligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, jarayondagi cheklovlar sifatida xodimlar malakasini moslashtirish va xarajatlarni boshqarishdagi qiyinchiliklar qayd etildi. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, transformatsiya banklarning operatsion samaradorligini oshirish bilan birga, ularning bozor talablariga moslashishini ta’minlaydi. Banklar uchun raqamli innovatsiyalarni kengaytirish va xalqaro tajribadan foydalanish kelajakdagi rivojlanish uchun muhim yo‘nalishlar sifatida tavsiya etiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.05.2020 yildagi PF-5992-son
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son
3. “O‘zmilliybank” AJning 2023 yilgi yillik hisoboti. 2024.
4. Reimink, T. J. (2019, April 19). Six strategies for improving banks’ operating efficiency
5. Bauyetdinov Majit Janizaqovich, Isakov Janabay Yakipbayevich, Norov Akmal Ruzimamatovich, Axmedov Erkinboy Tulanboyovich, and Hatamov Azizbek Tuychi ug’li. 2021. “WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF COMMERCIAL BANK BRANCHES”. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions 2 (06):38-44. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/FCJX5.
6. Raza, Dr & Ishtiaq, Dr & Khan, Dr & Riaz, Nimra & Riaz, Ahsan. (2024). Digital Transformation in Commercial Banking: Trends, Challenges, and Future Directions. Journal for Social Science Archives. 2