INGLIZ TILINI O‘QITISHDA BOSHLANG‘ICH SINFLAR O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH
Аннотация
Mavzuning dolzarbligi. Boshlang‘ich sinflarda, ayniqsa birinchi sinfda, chet tillarni o‘qitishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, fiziologik va psixologik jihatlarini hisobga olish muhimdir. Bu bosqichda bolalar tabiatan qiziquvchan, harakatga boy va yangi bilimlarni tez qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Shu sababli, chet tilini o‘qitishda an’anaviy yondashuvlardan ko‘ra zamonaviy, innovatsion va interfaol metodlarni qo‘llash samaradorlikni oshiradi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab ta’lim tizimida xorijiy tillarni erta yoshdan o‘rgatish muhim masalalardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Boshlang‘ich sinflarda til o‘rganish jarayoni faqatgina grammatikani o‘rganish bilan cheklanmasdan, balki o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni erkin va ishonchli gapirishga o‘rgatish orqali amalga oshirilishi lozim. Chet tilini o‘rganish jarayonida o‘yin texnologiyalari, interfaol metodlar, vizual va audio materiallardan foydalanish, darslarni qiziqarli va jonli o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rgatishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion usullar orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning nutqini ravonlashtirish, tez va to‘g‘ri javob berish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar tahlil qilinadi. Interfaol va o‘yin metodlari yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi.
Библиографические ссылки
1. Ushinskiy K.D. “O‘qitish haqida”. – Moskva: Pedagogika.
2. Zimnyaya I.A. “Psixolingvistika asoslari”. – Moskva: Yurayt, 2001.
3. Bonk N.A. “Chet tillarni o‘qitish metodikasi”. – Moskva: Visshaya shkola, 2009. 4. Xoshimov O‘. Yoqubov I. Ingliz tili o‘qitish metodikasi. T., - 2003
5. O‘qish savodxonligi va lingvistik kompetensiya bo‘yicha tadqiqotlar. – Toshkent: O‘zFA, 2018.
6. Akbarova SH.X. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini (lug‘at bilan ishlash jarayoni) o‘qitishning lingvodidaktik asoslari. Ped. fan. nom. dis. – T.: O‘zDJTU.
7. Pedagogik va psixologik tadqiqotlar. – Moskva: Prosveshcheniye, 2015.
8. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro metodologiyalar. – Parij: UNESCO, 2019.