MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIM TIZIMIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH
##article.abstract##
Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratildi. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib bormoqda.
Avvalo, korrupsiyaning omillariga qarshi kurashilmoqda. Masalan, yerni hokim qarori bilan ajratishdan to‘liq voz kechib, auksion tizimiga o‘tkazilgani natijasida bu tizim xalqchil bo‘ldi. “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilganidan keyin bu sohada ham ijobiy o‘zgarishlar sezildi.
O‘zbekistonning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko‘tarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat hizmatchilarida korrupsiyaviy holatlarning barcha ko‘rinishlariga qat’iy chidamsizlik ruhiyatini shakllantirish, xalq manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash kabi yuksak g‘oyalarga tayanmoqda. Avvalo, ushbu islohotlarning tub zamirida Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ustuvor g‘oya «Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» asosiy tamoyilga muvofiq barcha imkoniyatlar xalqimiz manfaatlari yo‘lida safarbar etilishi ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. Bu o‘rinda islohotlarning chinakam natijadorligiga erishish maqsadida davlat va jamiyatning har bir sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini izchil ta’minlab borish alohida ahamiyat kasb etadi.