Z-SONLAR ASOSIDA NOANIQ TIBBIY MA’LUMOTLARNI TAHLIL QILISH VA QANDLI DIABET TASHXISINI QO‘YISH ALGORITMINI ISHLAB CHIQISH

##article.authors##

  • F.N.Iskandarova ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so’zlar: Z-sonlar, noaniqlik, ishonchlilik darajasi, qandli diabet, tibbiy tashxis, sun’iy intellekt, fuzzy model, ma’lumotlarni birlashtirish, Python algoritmi, sog‘liq ko‘rsatkichlari.

##article.abstract##

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Z-sonlar nazariyasiga asoslangan holda tibbiy ko‘rsatkichlarda mavjud bo‘lgan noaniqlik va ishonchlilik omillarini hisobga olgan holda qandli diabet kasalligini tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan. Zadeh tomonidan taklif etilgan Z-sonlar modeli har bir tibbiy ko‘rsatkichni ikkilik shaklda – qiymat (A) va unga bo‘lgan ishonch darajasi (B) bilan ifodalash imkonini beradi. Tadqiqotda qon shakar darajasi, tana massasi indeksi, qon bosimi, bemorning oilaviy tarixi va boshqa ko‘rsatkichlar asosiy parametr sifatida tanlangan. Ushbu ko‘rsatkichlar Z-sonlar ko‘rinishida qayta ishlanib, ularning umumiy noaniqlik qiymati va ishonchlilik darajasi hisoblangan. Taklif etilgan algoritm Python dasturlash tili asosida modellashtirilib, uning samaradorligi misollar orqali namoyon etilgan. Natijalarga ko‘ra, Z-sonlar yordamida tibbiy tashxis jarayonida aniqlikni oshirish va noaniq ma’lumotlar asosida asosli qaror qabul qilish imkoniyati mavjudligi tasdiqlandi. Ishda sun’iy intellektning tibbiyotdagi qo‘llanilishiga oid amaliy yondashuvlar ham ko‘rib chiqilgan.

##submissions.published##

2025-06-24