ALISHER NAVOIY ASARLARIDA UMUMINSONIY G’OYALAR TALQINI
##article.abstract##
Alisher Navoiy – benazir ijodkor, jahon adabiyotining yirik vakili, g‘azal mulkining sultoni. Uning yangroq ovozi hali-hanuz jaranglamoqda, ijodiy merosi esa minglab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilmoqda. U yaratib qoldirgan boy merosning katta qismini lirika tashkil etadi. Lirik turning g‘azal, muxammas, musaddas, ruboiy va tuyuq kabi janrlarida shoir g‘oyaviy va badiiy jihatdan yuksak asarlarni yaratdi.
Navoiy lirikasida oshiq, yor, rind, raqib, shayx, zohid, voiz, podshoh va boshqa obrazlar ham bor. Oshiq va yor obrazlarida samimiy sevgi, sadoqat, vafo va boshqa ezgu insoniy hislatlar tarannum qilinadi. Navoiy xo‘rlangan, jabrlangan xotin-qizlarni e’zozlaydi, sharaflaydi. U yordan shikoyat qilish orqali ko‘pincha yashagan muhitining adolatsizligi, insofsizligidan noliydi. Shuning uchun ham, Navoiy zolim yorni adolatsiz podshohga, insofsiz amaldorga, himmatsiz davlatmandga, shafqatsiz jallodga o’xshatadi.