ADABIYOT VA VIJDON: ABDULLA QAHHORNING HAYOTI VA FALSAFASI” HAYOTI, ADABIY KURASHI, VIJDONI, HAQIQATPARASTLIGI HAQIDA

##article.authors##

  • Mahkambayeva Shohina To‘lqin qizi ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so‘zlar: Abdulla Qahhor, o‘zbek adabiyoti, realizm, vijdon, haqiqatparastlik, satira, falsafa, ijtimoiy tanqid.

##article.abstract##

Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri — Abdulla Qahhorning hayoti, ijodi va uning adabiyotdagi axloqiy-ma’naviy pozitsiyasi atroflicha tahlil qilinadi. Muallifning asarlarida vijdon, haqiqatparastlik, ijtimoiy adolat, tanqidiy nigoh va insonparvarlik kabi tushunchalarning badiiy ifodasi yoritilgan. Tadqiqot davomida yozuvchining hayotiy va ijodiy yo‘li, u duch kelgan siyosiy bosimlar, ammo ularga qaramay o‘z haqiqatparastlik pozitsiyasini yo‘qotmaganligi ochib beriladi. Qahhor asarlaridagi realizm, o‘tkir tanqidiy ruh, zamon va insoniyat dardiga befarq bo‘lmagan g‘amxo‘rlik bilan uyg‘unlashgan obrazlar orqali jamiyatga, inson qalbiga murojaat qilishi uning adabiyotdagi o‘rni va ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatadi. Ushbu maqola adabiyotda vijdon, ma’naviyat va haqiqat prinsiplariga asoslangan yondashuvning nechog‘li dolzarb va barhayot ekanini ilmiy tahlil asosida isbotlashni maqsad qiladi.

##submissions.published##

2025-05-31