ZULFIYANING “ONAM BOG’I” SHE’RI LINGVOPOETIK TAHLILI XUSUSIDA
Keywords:
Kalit so‘zlar: lingvopoetik tahlil, o’xshatish, neologizm, antonimiya, sinonimiya, gradatsiyaAbstract
Annotatsiya. Zulfiyа o‘zbek adabiyotining buyuk shoiralaridan biri, uning ijodi o‘zbek she’riyatining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Zulfiyaning she’rlari jamiyatdagi eng nozik va chuqur insoniy hissiyotlarni ifodalashga yo‘naltirilgan. Shoira o‘zining har bir asarida insoniy fazilatlarni, mehr-muhabbatni, vatanparvarlikni, umuman hayotning ezgu maqsadlarini aks ettirgan. U she’riyatning mangu joziba qudratini ana shu uch narsada – soflik, qudrat va jasoratda ko‘radi”. Zulfiyaning “Onam bog’i” she’ri nafaqat o‘zbek she’riyatining yuksak namunalaridan biri, balki ona obrazi orqali insonning ruhiy va axloqiy mukammalligi haqida chuqur fikrlar ifodalovchi asar hisoblanadi. Zulfiya individual uslubini aniqlovchi omillardan biri uning mualliflik neologizmlaridir. O’zbek tilining ichki imkoniyatlaridan, asosan, affiksatsiya usulidan foydalanib, shoira yangi qurilmalar yaratadi. Uning o’ziga xosligi esa bu so’zlarning o’zbek tilida uchramagan shakllarda namoyon bo’lishida va natijada yangi ma’noli birlik hosil bo’lishida ko’rinadi. Shu kungacha Zulfiya ijodi bo’yicha ko’p asarlar, ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bulardan eng yirigi S.Karimoving “Zulfiya asarlari lingvostilistikasi” nomli monografiyasi desak mubolag’a bo’lmaydi. Biroq Zulfiya serqirra ijodkor, she’rlarining ohangi o’ziga xos, tafakkur va tasavvur dunyosi keng shoira. Shuning uchun ham uning ijodini lingvopoetik jihatdan chuqur tahlil qilish, noyob qirralarini kashf etish oldimizda turgan dolzarb vazifadir. Ushbu maqolada shoiraning “Onam bog’i” nomli she’ri lingvopoetik tahlilga tortilgan, stilistik xususiyatlari bayon etilgan. Ijodkor she’rlarida qo’llanilgan konnotativ ma’noni ifodalab kelgan til vositalarining xususiyatlari, badiiy san’atlar, ko’chimlar va antonimiya, sinonimiya kabi turli til hodisalari tahlil qilinib, ijodidagi ayrim badiiy obrazlar atroflicha yoritilgan.
References
1. Zulfiya Ona. — Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1965.
2. Zulfiya. Tanlangan asarlar. — Toshkent: O’zbekiston, 1972.
3. Zulfiya. She’riy to’plam. — Toshkent: O’zbekgazet, 1985.
4. Zulfiya. O’zbek adabiyoti: Zulfiyaning asarlari. — Toshkent: Maʼnaviyat, 1997. 5. Zulfiya. Tanlangan asarlar: She’rlar va poema. — Toshkent: O’zbekiston, 2005.